Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Oltiariq tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi

×

 2020-03-11 15:48:22    181

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil 11 mart kuni Oltiariq tumani hokimligi binosida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unga tuman hokimi X.Niyozov raislik qildi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Sessiya kotibi etib, 29-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Z.Qambarova saylandi.

Sessiya kun tartibiga ikkita masala kiritildi.

1. Tumandagi sektor rahbarlarining “Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi dolzarb vazifalar” ijrosi yuzasidan hisobotlari.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 mart kungi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4633-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tumandagi fermer xo‘jaliklarining sifatli tola kooperatsiyasi tashkil etish haqidagi murojaatlari to‘g‘risida.

Joriy yilning 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazilgan “Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi dolzarb vazifalar” yuzasidan 58-sonli yig‘ilish qarorida har oyda bir marotaba mahalliy Kengashlar sessiyalarida sektor rahbarlari hamda mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitilish belgilangan edi.

Sessiya davomida kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Oltiariq tumani hokimi X.Niyozov, tuman prokurori  A.Yusupov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R.Mo‘saevning, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Asqarovlarning axborotlari eshitildi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi o'rinbosari H.Qoraboevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 mart kungi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 4633-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tumandagi fermer ho‘jaliklarining sifatli tola kooperatsiyasi tashkil etish haqidagi murojaatlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Shu bilan oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining to‘rtinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

Oltiariq tumani hokimligi Axborot xizmati